21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Sayxunobod tumani Ichki ishlar bo‘limida Sayxunobod Kelajak markazi raxbar va xodimlari, Sayxunobod tuman axborot-kutubxona markazi raxbar va xodimlari 27-maktab o’quvchilari bilan birgalikda tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Bayram davomida o‘zbek tilining boy tarixi, bebaho adabiy merosi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi o‘rni hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi.

