O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!» shiori ostida Sayxunobod tuman «Orikzor» mahallasida ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sayxunobod tuman bo‘linmasi rahbari va mutaxassisi, tuman Madaniyat xodimlari xizmat ko’rsatishdi, shuningdek tumanimiz axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan koʻrgazmalar kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Tumanimizning taniqli san’atkorlari ishtirok etib, Vatanga sadoqat, milliy birlik va yurt ravnaqi g‘oyalarini keng targ‘ib qildilar.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar, ayniqsa, bolajonlarga muzqaymoqlar tarqatilgani ularning yuzida quvonch va tabassum uyg‘otdi.


