Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasidagi tadbirlar Sayxunobod tumani markazida joylashgan «Yoshlar xiyobonida» davom etdi. Tadbirning navbatdagi qismida yurtimizning taniqli san’atkorlari hamda “Ma’rifat targ‘ibotchilari” ishtirokida aholi, yoshlar va faollar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.