2026-yil yoz mavsumi davomida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish, sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi A.Aripov tomonidan 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni topshirig‘i hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-iyun kuni Sayxunobod tuman Sport maktabi o‘quvchilari, Kelajak markazi xodimlari va axborot – kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda istirohat bog’ida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Sayxunobod tuman axborot-kutubxona markazida xodimlari tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi va bolajonlar ommasiga taqdim etildi.