2026-yil yoz mavsumi davomida bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish, sog‘lomlashtirish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi A.Aripov tomonidan 2026-yil 3-aprelda tasdiqlangan “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisi”ning 30-son bayoni topshirig‘i hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 13-apreldagi 40-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Sayxunobod tuman axborot – kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan tuman 2-sonli DMTM tarbiyalanuvchi bolajonlarga o’zlari yoqtirgan so’ralgan qiziqarli ertaklar ovozli o’qib eshittirildi.

