Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun – Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda. Sayxunoboddagi barcha maskan va mahallalarda ham bahor tarovati kezgan Navro‘z bayrami munosabati bilan xalq sayillari, bayram tadbirlari tashkil etilib, yasharish va yangilanish fasli keng tantana qilinmoqda.
Bugun tumanimizda “Navro’zni ulug’lash, insonni ulug’lash!” shiori ostida o‘tkazilgan xalq sayillari va bayram tadbiri ham barchaga shodlik bag‘ishladi. Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar namoyishi, milliy o‘yinlar musobaqalari, xalq amaliy san’ati namunalari vaturli tanlovlar to‘kinlik hamda fayzu barakaning ifodasi bo‘ldi.
Bayram tadbirini tuman hokimi Komiljon Mullajanov kirish so‘zi bilan ochib, bayram tabrigini barchaga yetkazdi.


