2025 -yil 29-avgust kuni Sayxunobod tumani Axborot-kutubxona markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida kitobxon kulb a’zolari bilan “Kitob – ma’naviy ozuqa manbai” mavzusida yangi adabiyotlar taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotdan maqsad kitobxonlarimiz kitob o’qishning foydali tomonlari, kitobsevar yoshlar o’zlari sevib o’qigan kitoblari haqida fikr almashdi. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo’lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblagan.

