Sayxunobod tumani Paymart mahallasida Axborot-kutubxona markazi xodimlari va 16-maktab faol kitobxon o‘quvchilari bilan birgalikda “Mushoira” kechasi tashkil etildi.
Tadbirda kitobxonlar tomonidan o‘zlarining sevimli shoirlaridan yod olgan she’rlarini aytib berishdi. Jumladan, Muhammad Yusuf, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, kabi O‘zbekiston xalq shoirlarining vatan, muhabbat, ona yurt, ezgulik haqidagi she’rlari jarang sochdi. Shuningdek, ba’zi ishtirokchilar o‘z ijod namunalarini ham taqdim etishdi. Mushoira kechasi yoshlar qalbida kitobga, she’riyatga bo‘lgan mehrni kuchaytirishga xizmat qildi.