Sayxunobod tumani axborot-kutubxona markazida 21 -oktyabr «INFOLIB O’ZBEKISTON-2024» XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirga Sayxunobod tuman Adliya boʻlimi boshligʻi B.Nazarov, tuman yosh ijodkor shoir A.Xoʻjamberdiyev, madaniyat xodimlari, Barkamol avlod maktabning oʻquvchi va oʻqituvchilari, axborot-kutubxona markazi faol kitobxonlari, 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi raqqosa qizlari faol ishtirok etishdi. Tadbir musiqali dasturlar bilan koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.


