2024-yil 26-aprel kuni Sayxunobod tuman Axborot kutubxona markazida «Kitobsevar millat» umummilliy gʻoyasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi IV-Respublika “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida elimizning sevimli farzandi o‘zbek she’riyatining iqtidorli namoyandalaridan biri  O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf  tavalludining 70 yilligi munosabati bilan  28-maktab faol kitobxonlari bilan «Muhammad Yusufni yod etib» mavzusida tadbir kechasi o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilarga  Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berildi hamda tumanimiz yosh ijodkori Aziz Xo‘ja Nur o‘z she’rlari bilan tadbirimizni yanada faollashtirdi.Faol kitobxon o’quvchilar shoir yozgan she’rlaridan aytib berishdi . Tadbir juda qiziqarli va ko’tarinki ruhda o’tdi.