Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Shuxrat Baratov so‘zga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida o‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari ona tiliga hurmat, avvalo, undan kundalik hayotda, ta’lim-tarbiya jarayonlarida hamda rasmiy ish yuritishda to‘g‘ri va samarali foydalanishdan boshlanishini qayd etdi.
Bayram tadbirida tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari ham faol ishtirok etdi.