Sayxunobod tuman axborot kutubxona markazi xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlari va dunyoqarashini oshirish, mamlakatimiz hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi «Siyosiy-ma’rifat soati» tashkil etildi.
Tadbirda Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot davomida quyidagi muhim mavzular atrofida so‘z yuritildi:
Haftaning eng muhim yangiliklari: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ijrosi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

