1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sayxunobod tumani markazidagi Yoshlar bog‘ida “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida keng ko‘lamli bayram tadbiri tashkil etildi.Tadbirda tumandagi turli tashkilot va muassasalar qatorida Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar va bolalar adabiyoti, ertaklar, qiziqarli hikoyalar,  ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi kitoblardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazma davomida bolalar va ularning ota-onalariga kitoblarning mazmuni haqida ma’lumotlar berildi, mutolaaning ahamiyati targ‘ib qilindi. Yosh kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga xizmat qildi.