Joriy yilning 13-may kuni Sayxunobod tuman axborot-kutubxona markazi abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan viloyat hokimining 2026-yil 28-apreldagi №05-1-61-sonli yig‘ilish bayonining 7-bandi ijrosi yuzasidan, 15-may — Xalqaro oila kunini nishonlash hamda 1-maydan 30-maygacha davom etayotgan “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi doirasida tuman 2-sonli DMTM tarbiyachi ustozlar bilan birgalikda «Bahtli oila-mustaqil vatanning ishonchli tayanchi” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — oilalarda va davlat muassasalarida kitobxonlik muhitini shakllantirish, onalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini targ‘ib qilishdan iboratdir. Tadbir mavzusi bo’yicha adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.