Joriy yilning 8-aprel kuni Sayxunobod tuman. Ixtisoslashtirilgan maktab faollar zalida axborot kutubxona markazi xodimlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari Sayxunobod tuman bo’linmasi, tuman xalq ta’limi, maktab o’quvchilari bilan birgalikda buyuk sarkarda davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklari» deb nomlangan katta tantanali kecha o’tkazildi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va kitobxonlar ommasiga taqdim etildi.