8- sonli Musiqa va san’at maktabi o‘qituvchilari va Sayxunobod tuman ijodkor shoiri Aziz Xo‘jamberdiyevlar bilan birgalikda mutafakkir, davlat arbobi va mumtoz adabiyotimiz asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan «Ilm ma‘rifatli -komil inson» nomli musiqali g‘azalxonlik kechasi o’tkazildi.
Mazkur kechada Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z bordi. Madaniyat markazi xodimlari kuy va qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi.