Joriy yilning 12-iyul kuni «Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun» shiori ostida Sayxunobodda katta madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Xabaringiz bor, umumta’lim maktablari oq’uvchilari uchun ta’lim jarayonlari yakunlanib, ta’til davri boshlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’til davrida o’quvchi-yoshlarni bo’sh vaqtlarini “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida mazmunli tashkil etish bo’yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Shu munosabat bilan tadbirda Sayxunobod tuman axborot kutubxona markazi xodimlari «Kitoblar olami» , «Vatan mening O‘zbekiston» deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi bilan qatnashadilar. Tadbir katta ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.


