2025-yil 25-aprel kuni Sayxunobod tumani «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Axborot – kutubxona markazi hamda kasb-hunar maktabida oʻquvchlar bilan birgalikda ✏️ O’zbekiston xalq shoiri✏️Muhammad Yusuf tavalludiga bag’ishlangan davra suxbati oʻtkazildi. Hozirgi davr o‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan shoirlaridan biri Muhammad Yusuf noyob iste’dod egasi edi. U rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi. U shunday iste’dodli shoir-ki, uning har bir she’rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirgan.


